%T ALISHER NAVOIYGA IZDOSHLIK VA BADIIY KAMOLOT %X Ushbu maqolada XIX asrning oxiri XX asr boshlarida Xorazm adabiy muhiti Hirot adabiy maktabiga o‘xshash ravishda an’analarning davom ettirilishi, xususan, Alisher Navoiy she’riyati ta’sirida ko‘plab tatabbu’ yoki taxmis g‘azallar yaratilishi bilan bog‘liq jihatlar xususida so‘z yuritiladi. Ma’lumki, Navoiy g‘azallariga muxammas bog‘lash, har bir ijodkor uchun faxr tuyg‘usini bergan. Xorazm adabiyotining Feruz davri ijodkorlari buyuk shoir Alisher Navoiy ijodiga kuchli hurmat va sadoqatli muhabbat bilan yondashganlar. Muhammad Rahimxon Soniy – Feruz Xivada yirik adabiy maktabga yеtakchilik qilarkan, o‘zining yaqin qarindoshlarini ham bu davraga kirish, she’r yozish, devon tartib berishga da’vat etadi. Shu jihatdan, Alisher Navoiy she’riyati ko‘plab shoirlar qatori Xorazm shahzoda shoirlari ijodiga ham asos bo‘lib xizmat qilgan. Shahzoda shoirlardan Sultoniy, Sa’diy, G‘oziy, Asad kabilar devonlarida Alisher Navoiy g‘azzallariga hamohang yozilgan she’rlar bilan birga aynan biron bir g‘azaliga tatabbu’ yozish ham ko‘plab uchraydi. Chunki Xorazm adabiy muhiti shoirlarining barchasi Navoiy ijodidan poetik mahorat sirlarini o‘rganishgan. Maqolada Sultoniy va Sa’diylar tomonidan yozilgan taxmis muxammaslar, ularda Navoiy ijodiga qay darajada uyg‘un yozilgani, an’anani ijodiy davom ettirish darajasi kabi holatlar tahlilga torildi. %I “CENTER FOR ADVANCED STUDIES” LLC %A Sohiba Umarova %D 2024 %K Xorazm; adabiy muhit; devonchilik; an’ana; Navoiy; shahzoda shoir; g‘azal; vazn; qofiya; muxammas; taxmis %L arxiv12884 %J Konferensiyalar | Conferences; Vol. 1 No. 5 (2024): ALISHER NAVOIY ADABIY VA ILMIY MEROSINI O‘RGANISH MASALALARI ; 22-26