%0 Journal Article %A Babanazarova, Sohiba %D 2024 %F arxiv:1279 %I Hamkor konferensiyalar %J Hamkor konferensiyalar; Vol. 1 No. 8 (2024): IZLANISH SAMARALARI №9 mavzusidagi respublika an’anaviy ilmiy-nazariy anjumani; 563-567 %K barqaror birikmalar; frazeologizmlar; maqol; matallar; iboralar; o‘xshatishlar; paremalar; erkin birikmalar %T BARQAROR BIRIKMALARNING TILSHUNOSLIKDAGI TADQIQI %U https://arxiv.academicsbook.com/id/eprint/1279/ %X Dunyo va o‘zbek tilshunosligida barqaror birikmalarni o‘rganishga doir turli nazariy qarashlar va yondashuvlar mavjud bo‘lib, ularga qanday birliklar kirishi borasida hali ham munozaralar davom etmoqda. Yillar davomida tilshunos olimlarning izchil tadqiqotlari natijasida barqaror birikmalarning o‘ziga xos xususiyatlari aniqroq belgilab borilgan va ularning tarkibiy qismlari aniqlashtirilgan. Shunga qaramay, bu sohadagi izlanishlar hali ham nihoyasiga yetmagan. Aksincha, zamonaviy tilshunoslikda paydo bo‘layotgan yangi ilmiy paradigmalar barqaror birikmalarga yangi, noan’anaviy yondashuvlar asosida qayta qarashni taqozo etmoqda. Shu sababli, barqaror birikmalarni o‘rganish tilshunoslikdagi dolzarb masalalardan biri sifatida o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi. Mazkur maqolada turg‘un birikmalarning mohiyati, ularning o‘ziga xos jihatlari va erkin birikmalardan farqli tomonlari atroflicha tahlil qilingan. Shuningdek, barqaror birikmalarni o‘rganuvchi bo‘limlar hamda ushbu sohada qo‘llanadigan terminlar mohiyati yoritib berilgan. Tilshunoslikda turg‘un birikmalarni o‘rganishga oid turli yondashuvlar, ularning tarkibiy qismlari yuzasidan mavjud munozaralarga aniqlik kiritilib, turli olimlarning qarashlari tahlil qilingan va ularga nisbatan munosabat bildirilgan.