relation: https://arxiv.academicsbook.com/id/eprint/12503/ title: SHIFOKORLAR ORASIDA ISHDAN CHARCHASH SINDROMI (BURNOUT): TARQALISHI, XAVF OMILLARI VA OLDINI OLISH YO‘LLARI creator: Shavkatova Po‘lot qizi, Shaxnoza description: Shifokorlik – inson salomatligini tiklash va saqlashdek muhim ijtimoiy vazifani bajaradigan kasb hisoblanadi. Ammo bu kasb vakillari doimiy stress, og‘ir mehnat sharoiti, hissiy zo‘riqish va kasbiy talablarning yuqoriligi sababli burnout (ishdan charchash) sindromiga ayniqsa moyil bo‘lishadi. Burnout faqatgina shifokorning sog‘lig‘i emas, balki bemorga ko‘rsatilayotgan xizmat sifati, xatolarning ko‘payishi va sog‘liqni saqlash tizimi barqarorligiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu maqolada burnout sindromining mohiyati, tarqalish darajasi, asosiy xavf omillari, shuningdek, individual va tizimli darajadagi profilaktika hamda aralashuv strategiyalari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, shifokorlarda chidamlilik (rezilience) va ishga jalb etilish (engagement) kabi himoya omillarining o‘rni ham tahlil qilinadi. publisher: “CENTER FOR ADVANCED STUDIES” LLC date: 2025-07-02 type: Article type: NonPeerReviewed identifier: Shavkatova Po‘lot qizi, Shaxnoza (2025) SHIFOKORLAR ORASIDA ISHDAN CHARCHASH SINDROMI (BURNOUT): TARQALISHI, XAVF OMILLARI VA OLDINI OLISH YO‘LLARI. Analysis of International Sciences; Vol. 3 No. 2 (2025): Analysis of International Sciences; 6-8. relation: https://uzresearchers.com/index.php/XAFT/article/view/4417