%K Tazkira; tarix; Xalil Sulton; manba; sohibqiron; shoir; davr; sulton; asar %J Hamkor konferensiyalar; Vol. 1 No. 8 (2024): IZLANISH SAMARALARI №9 mavzusidagi respublika an’anaviy ilmiy-nazariy anjumani; 358-364 %T FAXRIY HIRAVIYNING “RAVZAT US-SALOTIN” TAZKIRASIDA XALIL SULTON ZIKRI %I Hamkor konferensiyalar %A Fotima Davlatova %X Hirot adabiy markazining taniqli adibi, shoir, tazkiranavis zullisonayn sifatida tanilgan Faxriy Hiraviyning “Ravzat us-salotin” tazkirasi 1551-1555-yillarda yozilgan bo‘lib, XVI asrgacha bo‘lgan davrda Movorounnahr, Xuroson, Iroq, Hindiston hamda Rumda yashagan ijodkor podshoh va podshohzodalar, hukmdorlar dargohida yuksak mavqega ega bo‘lgan, nazm ta’biga ega amirlarning shaxsiyati va ijodiy faoliyati xususida ma’lumot berilgan. Faxriy Hiraviy Alisher Navoiyning “Majolis-un-nafois asarini forschaga tarjima qilgan. Mazkur asarini tuzishda ham aynan Navoiy yozmalaridan unumli foydalangan. Tazkirada 36 nafar Temuriy ijodkor sultonlar shoirligi xususida fikr yuritilgan. Jumladan Xalil Sulton, Abubakr mirzo, Botir mirzo, Sulton Mahmud mirzo, Ulug‘bek mirzo, Botir Qalandar, Abdullatif mirzo kabilarni sanash mumkin. Mazkur maqolada “Ravzat us-salotin” tazkirasining muallif tomonidan III bobida nomi zikr qilingan. Maqolada “Ravzat us-salotin”da temuriyzodalardan Xalil Sulton haqida qanday ma’lumotlar berilgani va boshqa manbalardagi qaydlar bilan farqli jihatlarini solishtirish asosida muhim xulosalarga kelish maqsad qilib olingan. %L arxiv1245 %D 2024