%0 Journal Article %A Akmalovich, Sardorbek Umarov %D 2024 %F arxiv:1209 %I Hamkor konferensiyalar %J Hamkor konferensiyalar; Vol. 1 No. 8 (2024): IZLANISH SAMARALARI №9 mavzusidagi respublika an’anaviy ilmiy-nazariy anjumani; 136-144 %K futuvvat; so‘fiy; payg‘ambarlik; fatiy; nubuvvat; irfon; saxo; himmat; shijoat; Hizr; Muso %T TASAVVUFDA FUTUVVAT VA NUBUVVAT MASALASI %U https://arxiv.academicsbook.com/id/eprint/1209/ %X Mazkur maqolada mo‘tabar va sharif ilm sanalgan futuvvat masalasi nubuvvat bilan bog‘liq tahlil qilindi. Futuvvat g‘oyasi va uning amaliy hayotdagi roli payg‘ambarlar hayoti va faoliyati bilan bog‘liq talqin qilindi. Tasavvufiy manbalarning guvohlik berishicha, Allohtomonidan har bir payg‘ambarga berilgan axloqiy sifat futuvvat g‘oyasining asosiy tamoyiliga aylandi. Futuvvat istilohi Qur’onda bir marta tilga olingani, bu so‘zni birinchilardan bo‘lib, Jafar Sodiq, Ma’rif Kerxiy qo‘llaganligi tilga olindi. Futuvvat axloq bilan bog‘liq tushuncha bo‘lgani uchun olimlar futuvvatga bag‘ishlab juda ko‘plab kitoblar yozishgani aytildi.Futuvvatning nubuvvat bilan bog‘liqligi Ibrohim, Muso, Yusuf, Muhammad (s.a.v) shuningdek, Xizr, Yusuf, G‘or ahlilari bilan bog‘liq qissa va rivoyatlar orqali sharhlandi. Futuvvatning asosi saxovat va himmatga asoslanganligi bois saxovatga oid Shis alayhissalomqissasi hikoya qilindi.Maqolada futuvvat ilmining tadrijiy takomili nisbiy ravishda 2 davrga ajratildi.Futuvvatning so‘fiylikka aloqadorligi, juda ko‘plab so‘fiylar futuvvat va javonmardlik g‘oyasini kamolot yo‘lidagi bir daraja sifatida qabul qilganligi aytib o‘tildi. Shuningdek, axiylik tashkilotlarining tashkil topishi Hazrat Aliga, yana boshqa talqinlarda esa Muso va uning yaqin do‘sti Horunga borib taqalishi manbalar orqali asoslandi. Qur’onning “Baqara”, “Yusuf”, “Toha”, “Kahf”, “Qasas” kabi suralarida futuvvatga oid oyatlar tahlilga tortildi. Husayn Voiz Koshifiyning “Futuvvatnomayi sultoniy”, Kaykovusning “Qobusnoma” kabi asarlarda futuvvatning mazmuni, mohiyati kengroq tahlil qilindi.