relation: https://arxiv.academicsbook.com/id/eprint/12019/ title: POLIZ EKINLARI YETISHTIRILADIGAN DALALARGA BIR YO‘LA PUSHTA HOSIL QILIB PLYONKA TO‘SHAYDIGAN QURILMANI ISHLAB CHIQISH creator: Sardor Abdumannobovich, Nigmatjonov description: Mazkur maqolada poliz ekinlarini yetishtirishda suv resurslarini tejash, tuproq namligini uzoq muddat saqlash hamda agrotexnik jarayonlarni mexanizatsiyalash maqsadida bir o‘tishda pushta hosil qilib, tomchilatib sug‘orish elastik quvurlarini yotqizuvchi va polietilen plyonka to‘shovchi kombinatsiyalashgan qurilmaning konstruksiyasi hamda texnologik ish jarayoni tadqiq etilgan. Mavjud mahalliy va xorijiy plyonka to‘shagichlarning konstruktiv yechimlari tahlil qilinib, ularning asosiy kamchiliklari aniqlangan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, taklif etilayotgan qurilma texnologik operatsiyalar sonini kamaytirish, yoqilg‘i sarfini qisqartirish, tuproq zichlanishini kamaytirish va suvdan foydalanish samaradorligini oshirish imkonini beradi. Shuningdek, qurilmaning pushta shakllantiruvchi ishchi organlari va kesak maydalovchi g‘altak parametrlarini maqbullashtirish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar ishlab chiqilgan. publisher: CENTER FOR ADVANCED STUDIES date: 2026-01-28 type: Article type: NonPeerReviewed identifier: Sardor Abdumannobovich, Nigmatjonov (2026) POLIZ EKINLARI YETISHTIRILADIGAN DALALARGA BIR YO‘LA PUSHTA HOSIL QILIB PLYONKA TO‘SHAYDIGAN QURILMANI ISHLAB CHIQISH. Barqaror Taraqqiyot va Rivojlanish Tamoyillari; Vol. 4 No. 1 (2026): Barqaror Taraqqiyot va Rivojlanish Tamoyillari; 79-82. relation: https://uzresearchers.com/index.php/BTRT/article/view/6103