%K fuqarolik kompetensiyasi, boshlang‘ich ta’lim, Davlat Madhiyasi, davlat ramzlari, vatanparvarlik tarbiyasi, metodik yondashuv, milliy g‘urur. %I “CENTER FOR ADVANCED STUDIES” LLC %T BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA FUQAROLIK KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHDA DAVLAT MADHIYASINING PEDAGOGIK-METODIK IMKONIYATLARI %J INTERNATIONAL JOURNAL OF RECENTLY SCIENTIFIC RESEARCHER'S THEORY; Vol. 4 No. 2 (2026): INTERNATIONAL JOURNAL OF RECENTLY SCIENTIFIC RESEARCHER'S THEORY; 84-88 %A Sharipov San'atjon Valijonovich %D 2026 %X Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida fuqarolik kompetensiyasini shakllantirish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasidan foydalanishning pedagogik-metodik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Maqolada davlat ramzlari vositasida o‘quvchilarda vatanparvarlik, milliy g‘urur, ijtimoiy mas’uliyat, jamoaviylik, huquqiy ong va axloqiy munosabatni rivojlantirish masalalari yoritiladi. Shuningdek, madhiya matnini tushuntirish, uni dars va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarga integratsiya qilish, o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos metodlarni tanlash, mazmuniy tahlil, suhbat, musiqiy idrok va ijodiy topshiriqlar asosida tarbiyaviy natijaga erishish yo‘llari ko‘rsatib beriladi. %L arxiv11312