%0 Journal Article %A Rasul Daminovich, Mengziyayev %D 2025 %F arxiv:11261 %I “CENTER FOR ADVANCED STUDIES” LLC %J INTERNATIONAL JOURNAL OF RECENTLY SCIENTIFIC RESEARCHER'S THEORY; Vol. 3 No. 5 (2025): INTERNATIONAL JOURNAL OF RECENTLY SCIENTIFIC RESEARCHER’S THEORY; 147-150 %K semantik maydon (LSM), freym yondashuvi, avtomobil terminologiyasi, tashqi/ichki qismlar, yadro va periferik zona; LSP (maxsus maqsadlar tili), etimologiya, qarz so‘zlar, inglizcha manbalar, fransuzcha manbala; nemischa manbalar, ruscha qatlam, so‘z-yasash modellari, tematik tasnif, “O‘zavtosanoat”. %T AVTOMOBIL TERMINOLOGIYASINING LEKSIK-SEMANTIK MAYDONI VA ETIMOLOGIYASI: FREYM YONDASHUVI HAMDA MANBA QATLAMLARI %U https://arxiv.academicsbook.com/id/eprint/11261/ %X Maqolada semantik maydon (ma’no sohasi) nazariyasi asosida avtomobil terminologiyasining leksik-semantik tuzilishi yoritiladi. Avvalo, avtomobilga oid birliklar tashqi va ichki qismlar bo‘yicha guruhlanib, markaz (yadro) va periferik zonalar nuqtayi nazaridan tavsiflanadi. Freym yondashuvi yordamida “Transport” makromaydoni ichida “Suv”, “Yer usti”, “Havo” hamda ularning kichik freymlari (“Avtomobil”, “Temir yo‘l” va b.) strukturasi ko‘rsatiladi. Etimologik tahlil ingliz (accelerator, airbag, coolant, spark plug; crank + shaft), fransuz (véhicule → avtomobil), nemis (Watt) va rus (porshen, shatun, val, klapan va h.k.) manbalarini ajratib, qarz so‘zlarning salmog‘ini asoslaydi; shu bilan birga, asl o‘zbek qatlamining funksional roli ko‘rsatib beriladi. LSP (maxsus maqsadlar tili) doirasida terminlar kasbiy kommunikatsiyaning ehtiyojlari, so‘z-yasash modellari va tematik tasnif (predmet, jarayon, kasb, miqdor, o‘lchov, xossa) orqali tizimlashtiriladi. O‘zbek avtomobilsozligi konteksti (“O‘zavtosanoat” va tarmoqlanish) misolida terminlarning ijtimoiy-texnik reallik bilan uyg‘unligi ko‘rsatiladi. Tadqiq natijalari terminografiya, tarjima amaliyoti va qiyosiy lingvistika uchun metodik asos beradi.