%T BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA O‘QUVCHILAR MNEMIK JARAYONLARINI RIVOJLANTIRISH TIZIMINI PEDAGOGIK MODELLASHTIRISH %X Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf ona tili darslarida o‘quvchilarning mnemik jarayonlarini rivojlantirish tizimini pedagogik modellashtirishning dolzarbligi ochib berilgan. Mnemik jarayonlar – bu bilimlarni eslab qolish, mustahkamlash va zarur paytda ularni tezda qayta tiklashga yordam beruvchi psixik faoliyat shakllaridir. Ushbu jarayonlar ayniqsa boshlang‘ich sinf yoshidagi o‘quvchilarda hali to‘liq shakllanmagan bo‘lganligi sababli, ularni rivojlantirish uchun zamonaviy metodlar, vizual vositalar va innovatsion yondashuvlar zarur hisoblanadi. Maqolada pedagogik modellashtirish asosida mnemik jarayonlarni shakllantirishga xizmat qiluvchi dars konstruksiyalari, faoliyat turlari va baholash mezonlari tavsiflab berilgan. Shuningdek, xorijiy tajribalar – Finlyandiya, Germaniya va Janubiy Koreya ta’lim tizimlaridagi yondashuvlar o‘rganilgan va ularning o‘zbek ta’lim tizimiga integratsiyalash imkoniyatlari tahlil qilingan. Tadqiqot asosida ishlab chiqilgan pedagogik model boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun ona tili darslarida eslab qolish, tahlil qilish, kontekstda qo‘llash va nutqiy faoliyatni rivojlantirishda yuqori natijalar berishi mumkinligi aniqlangan. Taklif etilayotgan yondashuv nafaqat dars samaradorligini oshiradi, balki o‘quvchilarning mustaqil fikrlash va mantiqiy xotirasini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. %I “CENTER FOR ADVANCED STUDIES” LLC %A Aliboyeva Dilnoza G‘ani qizi %D 2025 %K boshlang‘ich ta’lim, mnemik jarayonlar, modellashtirish, ona tili, vizual metodlar, kognitiv rivojlanish. %L arxiv11234 %J INTERNATIONAL JOURNAL OF RECENTLY SCIENTIFIC RESEARCHER'S THEORY; Vol. 3 No. 5 (2025): INTERNATIONAL JOURNAL OF RECENTLY SCIENTIFIC RESEARCHER’S THEORY; 19-22