%K talaffuz; imlo; matn; kompetensiya; nutq; mashq; topshiriq; izchillik; mantiq; ta’lim %J INTERNATIONAL JOURNAL OF RECENTLY SCIENTIFIC RESEARCHER'S THEORY; Vol. 1 No. 8 (2023): INTERNATIONAL JOURNAL OF RECENTLY SCIENTIFIC RESEARCHER'S THEORY; 125-131 %T O‘ZBEK TILINI O‘QITIShDA BADIIY VA TARIXIY MANBALARDAN FOYDALANISh %I “CENTER FOR ADVANCED STUDIES” LLC %A A.Sultanova %A G.Yusupova %X Respublikamizda ta’lim sifatini oshirish choralari ko‘rilib, o‘quvchilarning davlat tilini mukammal egallashlariga doir o‘quv-metodik ta’minot zamon talablari asosida yangilanmoqda, kompetensiyaviy yondashuv asosida grammatik materiallarni o‘rgatishga alohida e’tibor qaratilmoqda. So‘nggi yillarda an’anaviy ona tili darsliklarida grammatik mavzu birinchi o‘ringa qo‘yilgan bo‘lsa, tilni ikkinchi til sifatida o‘qitishda esa matn bilan tanishuvdan boshlash usuli ma’qullandi. Grammatik mavzular o‘rnini nutqiy, ma’rifiy mavzular egallay boshladi. Ushbu mavzular jamiyat hayotining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy hamda ma’naviy jabhalarini qamrab olishi, ham ta’lim, ham tarbiyaviy-ma’rifiy maqsadlarga xizmat qilishiga e’tibor berildi %L arxiv10466 %D 2023