%K ekologik tarbiya, ekologik madaniyat,o‘yinli metod, loyihaviy yondashuv, atrof-muhit, ekologik muammolar, ekologik ong, tabiatni muhofaza qilish, barqaror rivojlanish, amaliy faoliyat, ekologik mas’uliyat o‘quvchilar faolligi, ekokvest, rolli o‘yin, didaktik o‘yinlar, ekologik loyihalar jamoaviy ish,tanqidiy fikrlash. %J INTERNATIONAL JOURNAL OF RECENTLY SCIENTIFIC RESEARCHER'S THEORY; Vol. 3 No. 5 (2025): INTERNATIONAL JOURNAL OF RECENTLY SCIENTIFIC RESEARCHER’S THEORY; 26-31 %T O‘QUVCHILARNING EKOLOGIK DUNYOQARASHINI SHAKLLANTIRISHDA O‘YIN VA LOYIHAVIY METODLARDAN FOYDALANISH %I “CENTER FOR ADVANCED STUDIES” LLC %A Yusupova Suroyyo Shavkat qizi %X Mazkur maqolada o‘quvchilarning ekologik dunyoqarashini shakllantirishda zamonaviy ta’lim metodlaridan biri bo‘lgan o‘yin va loyihaviy yondashuvlarning ahamiyati, ularning mazmuni va amaliy qo‘llanilishi yoritiladi. Ekologik tarbiya bugungi kunda jamiyat taraqqiyotining muhim omillaridan biri bo‘lib, yosh avlodda atrof-muhitga nisbatan ongli munosabatni shakllantirishni talab qiladi. Aynan shu jarayonda o‘yin va loyiha asosidagi metodlar o‘quvchilarni ekologik muammolarni anglashga, tahlil qilishga, yechim izlashga va ekologik madaniyatni rivojlantirishga yo‘naltirilgan faoliyatga jalb etadi.O‘yin metodlari orqali o‘quvchilarda tabiat hodisalariga qiziqish uyg‘onadi, ular orqali ekologik holatlar modellashtiriladi, rolli o‘yinlar yordamida esa o‘quvchilar tabiatni muhofaza qilishda faol subyekt sifatida ishtirok etadilar. Shuningdek, didaktik o‘yinlar, intellektual viktorinalar, ekokvestlar, rolli sahnalashtirishlar orqali ekologik mavzular yanada chuqur o‘zlashtiriladi. Bular orqali o‘quvchilar nafaqat ekologik bilimlarga ega bo‘ladilar, balki ekologik his-tuyg‘u va axloqiy qadriyatlarni ham shakllantiradilar. %L arxiv10205 %D 2025