%0 Journal Article %A Zulfiya Bekmurod qizi, Toshmurodova %D 2026 %F arxiv:10150 %I “CENTER FOR ADVANCED STUDIES” LLC %J SCIENCE TIME JOURNAL; Vol. 4 No. 5/1 (2026): “ILM VAQTI” (SCIENCE TIME) jurnali; 279-286 %K Salomat Vafo, zamonaviy o‘zbek nasri, ayol obrazi, badiiy psixologizm, gender masalasi, ijtimoiy muhit %T SALOMAT VAFO HIKOYALARIDA AYOL OBRAZI TADQIQI MASALASI %U https://arxiv.academicsbook.com/id/eprint/10150/ %X Ushbu maqolada zamonaviy o‘zbek nasrida o‘ziga xos badiiy-estetik qarashlari bilan ajralib turadigan Salomat Vafo hikoyalarida ayol obrazining talqini va funksional vazifalari tadqiq etiladi. Tadqiqotda yozuvchining hikoyalarida ayol qahramonlar orqali ijtimoiy muhit, ma’naviy-axloqiy muammolar, ruhiy kechinmalar va shaxsiy erkinlik masalalari qanday ifodalanganiga alohida e’tibor qaratiladi. Tadqiqot maqsadi — Salomat Vafo hikoyalarida ayol obrazining badiiy-estetik xususiyatlari, funksional vazifalari va zamonaviy talqinini aniqlashdan iborat. Tadqiqotda psixologik tahlil hamda struktur-semantik yondashuv metodlaridan foydalanildi. Maqolaning obyekti- Salomat Vafo hikoyaalari. Predmeti esa ushbu hikoyalarda ayol obrazi va uning ruhiyati o’rtasidagi o’rtasidagi bog’liqlik. Tahlil natijasida yozuvchi nasridagi "ayol ruhiyati psixologizmi" va "ekzistensial iztirob" tushunchalarining badiiy sintezi ochib beriladi. Shuningdek, yozuvchi uslubiga xos bo‘lgan ramziylik va metaforik obrazlar tizimining ayol personajlar xarakterini ochishdagi innovatsion ahamiyati dalillanadi. Xulosa sifatida aytish mumkinki, Salomat Vafo hikoyalarida ayol tasviri va uning ichki kechinmalari estetik va psixologik jihatdan yorqin tarzda ochib bera olingan.