relation: https://arxiv.academicsbook.com/id/eprint/10147/ title: ROQIMNING “XOJAMIZ” RADIFLI G‘AZALI: MATNIY XUSUSIYATLARI, MANBA TAFOVUTLARI VA BADIIY TALQINI creator: Anvar Voxidjon o‘g‘li, Jo‘rayev creator: Nuriddinov, Sh. description: Mazkur maqolada XIX asr o‘zbek mumtoz adabiyotining vakillaridan biri bo‘lgan Roqimning “Xojamiz” radifli g‘azali matnshunoslik va adabiyotshunoslik nuqtayi nazaridan tadqiq etiladi. Tadqiqotda g‘azalning devondagi asl nusxasi hamda Qosimxo‘jayeva tomonidan amalga oshirilgan tabdil matni qiyosiy o‘rganilib, ular orasidagi matniy tafovutlar aniqlanadi. Shuningdek, g‘azalning tarkibiy qurilishi, radif va qofiya tizimi, poetik tasvir vositalari, madhiyaviy ruh, ijtimoiy mazmun hamda shoirning badiiy mahorati tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida g‘azalning tabdil qilinmagan qo‘shimcha o‘n bir bayti ham ilmiy muomalaga kiritilib, ularning asar mazmunini kengaytirishdagi o‘rni ochib beriladi. Maqolada Roqim ijodining matnshunoslik jihatdan o‘rganilishi o‘zbek mumtoz adabiyoti tarixini boyituvchi muhim ilmiy manba ekanligi asoslab beriladi. publisher: “CENTER FOR ADVANCED STUDIES” LLC date: 2026-05-12 type: Article type: NonPeerReviewed identifier: Anvar Voxidjon o‘g‘li, Jo‘rayev and Nuriddinov, Sh. (2026) ROQIMNING “XOJAMIZ” RADIFLI G‘AZALI: MATNIY XUSUSIYATLARI, MANBA TAFOVUTLARI VA BADIIY TALQINI. SCIENCE TIME JOURNAL; Vol. 4 No. 5/1 (2026): “ILM VAQTI” (SCIENCE TIME) jurnali; 260-267. relation: https://uzresearchers.com/index.php/stj/article/view/6162