%I “CENTER FOR ADVANCED STUDIES” LLC %L arxiv10142 %X Maqolada ota-ona va o‘smir o‘rtasidagi munosabatlarga ta’sir etuvchi ijtimoiy-madaniy omillar hamda ularning psixologik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotning dolzarbligi zamonaviy jamiyatda oilaviy munosabatlarning o‘zgarishi, o‘smir shaxsining shakllanishida ota-onaning tarbiyaviy pozitsiyasi, muloqot madaniyati va ijtimoiy muhit ta’sirini chuqur o‘rganish zarurati bilan belgilanadi. Ishning maqsadi ota-onalik fenomenining psixologik jihatlari hamda o‘smirlik davrining xususiyatlarini ularning o‘zaro bog‘liqligida aniqlashdan iborat. Tadqiqotda tahlil, tizimlashtirish, taqqoslash va umumlashtirish kabi nazariy metodlardan foydalanildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, ota-onaning tarbiyaviy uslubi, oiladagi emotsional muhit va ijtimoiy-madaniy qadriyatlar o‘smir shaxsining shakllanishi, emotsional barqarorligi hamda ijtimoiy moslashuviga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. %J SCIENCE TIME JOURNAL; Vol. 4 No. 5/1 (2026): “ILM VAQTI” (SCIENCE TIME) jurnali; 154-159 %A Nazarov Alimardan Kamol o‘g‘li %T OTA-ONA VA O‘SMIR MUNOSABATLARINING SHAKLLANISHIDA IJTIMOIY-MADANIY OMILLARNING ROLI %D 2026 %K ota-onalik, o‘smirlik davri, oilaviy munosabatlar, tarbiya, psixologik rivojlanish, ijtimoiy-madaniy omillar.