%T AXLOQIY DILEMMALARNING TALABALARDA TAHLILIY VA TANQIDIY FIKRLASH QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISHDAGI AHAMIYATI %X Zamonaviy yondashuvlarga muvofiq shaxsning yetukligini belgilovchi mezonlardan biri sifatida uning tahliliy va tanqidiy baholash qobiliyatiga egaligi e’tirof qilinmoqda. Zero, raqamli jamiyatda inson kapital, xususan, shaxs intellektual qobiliyatining yuqoriligi qiymati baland mahsulot sifatida baholanmoqda. Shu bois XXI asr ta’limi oldiga ta’lim oluvchilarning tahliliy va tanqidiy qobiliyatni rivojlantirish asosida yetuk mutaxassisni tayyorlashdan iborat ijtimoiy buyurtma qo‘yilmoqda. Talabalarda tahliliy va tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish murakkab jarayon bo‘lib, integral yondashuvni taqozo qiladi. Ingliz klassik adabiyoti vositasida talabalarda ma’naviy-axloqiy ideallarni rivojlantirish qayd etilgan ijtimoiy buyurtmani to‘la bajarilishi uchun xizmat qiladi. Zero, ingliz klassik adabiyoti bo‘yicha tanlangan badiiy asarlar bo‘yicha axloqiy dilemma bo‘yicha muhokamalarni tashkil qilish talabalarning tahliliy va tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Maqolada ana shu to‘g‘risida so‘z yuritiladi.  %I “CENTER FOR ADVANCED STUDIES” LLC %A Ziyodov Farruh Saodilla o‘g‘li %D 2026 %K fikrlash, tahliliy fikrlash, tanqidiy fikrlash, dilemma, axloqiy dilemma, rivojlantirish. %L arxiv10093 %J SCIENCE TIME JOURNAL; Vol. 4 No. 5/2 (2026): “ILM VAQTI” (SCIENCE TIME) jurnali; 129-136