%T SHAXS FE’L-ATVORINI IFODALOVCHI SIFATLARNING LINGVOMADANIY XUSUSIYATLARI : (INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARI MISOLIDA) %X Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillarida shaxs fe’l-atvorini ifodalovchi sifatlarning lingvomadaniy xususiyatlari keng ilmiy asosda tahlil qilinadi. Tadqiqotda ushbu til birliklarining semantik ma’nosi bilan bir qatorda ularning madaniy yuklanishi, milliy mentalitet bilan bog‘liqligi hamda jamiyatdagi axloqiy va ijtimoiy qadriyatlarni aks ettirish funksiyasi o‘rganiladi. Tahlil jarayonida ingliz tilida individualizm, shaxsiy erkinlik va mustaqillik g‘oyalari ustunligi, o‘zbek tilida esa kollektivlik, odob-axloq va ijtimoiy hurmat kabi qadriyatlar kuchli ifodalanganligi aniqlanadi. Ushbu farqlar har ikki til egalarining dunyoqarashi va madaniy modeli bilan bevosita bog‘liq ekanligi ko‘rsatib beriladi. %I “CENTER FOR ADVANCED STUDIES” LLC %A Mamadiyorova Sevara Olimjon qizi %D 2026 %K lingvomadaniyat, shaxs fe’l-atvori, sifatlar, mentalitet, madaniy qadriyat, qiyosiy tahlil. %L arxiv10062 %J SCIENCE TIME JOURNAL; Vol. 4 No. 5/2 (2026): “ILM VAQTI” (SCIENCE TIME) jurnali; 72-74