relation: https://arxiv.academicsbook.com/id/eprint/10050/ title: SHARQ ADABIYOTIDA ADABIY ERTAK JANRINING SHAKLLANISHI creator: Gulchiroy Asqarali qizi, Ibrohimova description: Ushbu maqolada Sharq adabiyotida, xususan oʻzbek adabiy muhitida adabiy ertak janrining shakllanish bosqichlari tahlil qilinadi. Janrning ildizlari qadimgi mifologik tasavvurlar, diniy-e’tiqodiy manbalar, didaktik adabiyot hamda xalq og‘zaki ijodi bilan uzviy bog‘liq holda yoritiladi. “Avesto”, “Qutadg‘u bilig”, Alisher Navoiy dostonlari, xalq dostonlari va Gulxaniyning “Zarbulmasal” asari misolida adabiy ertak janrining badiiy va g‘oyaviy manbalari ochib beriladi. Shuningdek, ertaklarning madaniyatlararo koʻchishi, milliy xususiyatlar bilan boyishi va XX asrga kelib oʻzbek adabiy ertaklarining mustaqil janr sifatida qaror topish jarayoni koʻrsatib beriladi. Tadqiqot natijasida adabiy ertak janri uzoq tarixiy taraqqiyot mahsuli ekani, uning shakllanishida folklor, mumtoz adabiyot, ma’rifatparvarlik harakati va jahon adabiy aloqalari muhim omil boʻlgani asoslanadi. publisher: “CENTER FOR ADVANCED STUDIES” LLC date: 2026-05-07 type: Article type: NonPeerReviewed identifier: Gulchiroy Asqarali qizi, Ibrohimova (2026) SHARQ ADABIYOTIDA ADABIY ERTAK JANRINING SHAKLLANISHI. SCIENCE TIME JOURNAL; Vol. 4 No. 5/1 (2026): “ILM VAQTI” (SCIENCE TIME) jurnali; 209-214. relation: https://uzresearchers.com/index.php/stj/article/view/6062